Bu Kitobda siz bizlar uchun muhim
bo'lgan aqida masalari bilan tanishasiz. Muallif iymonning besh ruknini
mukammal ravishda dalillar bilan izohlaganlar. Undan tashqari iymon va
Ahli Sunnatning iymon bergan ta'rifi, takfir, kufrning turlari, Alloh uchun
yaxshi va yomon ko'rishlik va uning turlari, Ahli Sunnatning saxoba va ahli bayt
haqidagi e'tiqodlari va Ahli Sunnatning bid'at va havo ahliga bo'lgan munosabati
va Salafi solihinlarning bid'at ahli borasida aytgan so'zlari bilan yaqindan
tanishasiz. Bu kitobda keltirilgan xar bir dalilni arab tili matlarini har
birini berilgan desak adashmaymiz. Dalillarni arab matnini berishlikdan
maqsad, Dini Islomga bo'lgan da'vat yo'lida yurgan tolibi ilmlarni ularni
yodlashlik va da'vat qilayotganda va har bir mas'alani insonlarga tushuntirishda
dalillar bilan tushuntirishni qulay qilishlik uchun qilingandur. Alloh
subhanahu va Ta'alodan barchamizni O'zining diniga da'vat qiladiganlardan
bo'lishlikka tavfiq berishini so'rab qolamiz. Amin.
Sog'lom e'tiqodi
(Shayx Ibn Boz rahimahulloh) [Kitob kiril
alifbosida]
Bu Kitobda siz Iymon arkonlari bo'lmish
Allohga, maloikalarga, ilohiy kitoblar, payg'ambarlarga, qiyomat
kuniga va qadarning yaxshisi va yomoniga iymon keltirish borasida
tanishasiz.
Bu Kitobda siz Islomiy Aqidaning
boshlangich ta'limoti, Islom va Iymon asoslari, Allohning Bandalar
ustidagi haqqi, Tavhid turlari va foydasi, amallarning qabul
bo'lish shartlari, Shirk al-Akbar (katta shirk) va uning
ko'rinishlari, Katta Shirk turlari, Shirk Al-Asg'ar (Kichik Shirk)
ma'nosi, shafo'at, Alloh yo'lida kurash, Vala (Alloh uchun yahshi
ko'rishlik) va Hukm bo'rasida, va hamda Quron va Sunnatga binoan
hayot kechirish, Duolarning qabul bo'linish shartlari haqqida
qisqa savol-javoblar bilan tanishasiz. Bu Bo'lim Islomiy
aqidani dalillar bilan o'rganishlikka va ularning Hikmatlarini
bilishlikka insonni chorlaydi.
Bu Kitob - har bir
musulmon uchun bilishlari muhim bo'lgan kitoblardan biridur. Bu kitobning
qisqaligi, uning arabchasi juda hamma uchun qulay holda yozilgani va har bir
mas'alaga bo'lgan daqiq dalillari bilan ajralib turadi. Bu kitobchani
sizlarga arab tilidagi matni bilan, bo'lib-bo'lib tarjimasini keltirganmizki,
shoyad barchamiz bu kitobning ham arab tili matnidan va hamda o'zbek
tarjimasidan foyda olamiz va buni muallif rahimahulloh aytib
o'tganlaridek: uni o'zimiz o'rganib, unga amal qilib va boshqalarni o'sha
ilmga chaqirib va shu yo'lda ozorlar bo'lsa unga sabir qilishimizga hammamizga
Alloh tavfiq bersin. Amin.
Bu Kitobda siz barcha
musulmonlar uchun bilishlari zarur bo'lgan Tavhid
(Allohning yakkaligi)ning uch turi bilan tanishasiz. Bu Tavhid
turlarini bilishlik va ularni hayotimizga tatbiq qilishlik bizlar
uchun farzdur, chunki Alloh Ta'alo bizlarni faqat yolg'iz O'zigagina
ibodat qilishimiz uchun yaratdi. Alloh Ta'alo Qur'oni Karimda:
" Men (Alloh) jinn va inson toifalarini faqat O'zimgagina
ibodat qilishlari uchun yaratdim" [ 51:56]. Aloh hammamizni Tavhid ahlidan qilishligini so'rab qolamiz. Amin
Bu Kitobda siz Tavhid
(Allohning yakkaligi), uning afzalligi, unga ega bo'lgan kimsalarning
fazilati, Shirk, La ilaha illa Alloh kalimasining ma'nosi, har hil
ko'zdan saqlashlik uchun taqiladigan ko'z-munchoq, isiriq va boshqa taqinchoqlar
amallar, Allohdan o'zganing ismiga atab qurbonlik qilishlikning hukmi, Shafoat,
Hidoyat, qasam ichishlik, madad so'rashlik, Sihr, Folbinlik, Astrologiya, va
boshqa Tavhidga bog'li bo'lgan mavzulardan iborat. Bu Kitob aslida 67
bobdan ibodat bo'lganligi uchun va uning ichida ko'p izoh va yoritishlar
kiritilishi ko'p vaqt ni olganligi uchun bob-bob qilib tavsiya qilindi.
Alloh hammamizni Tavhid ahlidan qilishligini so'rab qolamiz. Amin
Allohning boshqa maxluqlardan Oliylik sifati boshqa
eshitish, ko’rish, kalom va pastga tushishlik sifatlariga
o’xshagan Qur’on va sahih hadislarda zikr qilingan
Allohning sifatlari kabidur. Salafi solihinlar, najot topgan
firqa, ahli sunnat val jamoa aqidasi Alloh Ta’alo O’zining
Kitobidagi va Uning Rasuli hadislarda zikr qilgan xabarlarga
ta’vil(Qu’ron
va Sunnatda bo’lmagan xabarlar bilan sharx qilib, natijada Alloh
va Rasuli qasd qilgan ma’nodan boshqa ma’noni berishni ta’vil
deyiladi),ta’til(Qur’on
va Sunnatda bo’lgan Allohning sifatlarini butunlayin inkor
qilishlik.)
va tashbihsiz (Qur’on va Sunnatda zikr qilingan
Allohning sifatlarini boshqa maxluqlarning sifatlarini
o’xshatishlik)
iymon keltirishni taqozo qiladi, bunga dalil Alloh Ta’aloning
quyidagi qavlidur:
“
Uning o’xshashi yo’qdur, U Eshitguvchi va Ko’rib turguvchi
Zotdur” [Shuro surasi 42:11]
Mana shu
sifatlar, bulardan Allohning maxluqlardan Oliyligi, O’zining
Zotini ta’riflovchi sifatlar ekan, u sifatlarga ham iymon
keltirish xuddi Uning Zotiga iymon keltishlikdek vojibdur.
Olamlar
Robbisi bo'lmish Alloh Ta'aloni qo'yib boshqalardan madad
so'rashlik - Allohga bo'lgan Shirkul Akbardur, bu sababli kimsa
Islom millatidan chiqadi va mushriklardan bo'lib qoladi.
Alloh bunday amal qilib qo'yishlikdan hammamizni asrasin. Amin.
Bu kitobda siz Islom dini g'arib bo'lib boshlanganligi haqqida va
u yana qayta g'ariblikka qaytishligi va unga ergashgan
kimsalarning g'arib bo'lib qolishligini zikr qiluvchi va ularga
Jannat bashorati beruvchi hadis muboraklar bilan tanishasiz.
Bundan tashqar, bu g'ariblar kim, ularning sifatlari borasida ham
tanishasiz. Barcha dalillar arab tilida, qaysi kitobdan
rivoyat qilingani zikr qilinganki, shoyad uni tolibi i'lmlar (ilm
toliblari) o'rganib, uni yodlab, ularni hayotlarida tatbiq qilib,
boshqalarga ham o'rgatsalar
Bu kitobda siz dinimizga
eng ko'p yomonliklar kiritgan Bid'at borasida tanishasiz.
Shak-shubha yo'qki huddi Alloh va Uning Rasuli tomonidan olib
kelingan Dinimizni bulg'agan ba'zi Shirk amallariga o'hshab,
Bid'at ham dinimizni bulg'adi. Dinimizda bo'lmagan ba'zi
amallarni ba'zi kimsalar "mana shu ham din bo'ldimi" deb dindan
qaytib ketishlariga sabab bo'lmoqda. Bunday Bid'atlarni
insonlarga bayon qilib berishligimiz biz uchun vojib bo'lgan
amaldur, chunki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Imom Muslim
rivoyat qilgan hadisda: "Sizlarning birontangiz munkar ishni
ko'rsa qo'li bilan to'htatsin, agar unga qodir bo'lmasa tili bilan
to'htatsin, agar unga ham qodir bo'lmasa qalbi bilan yomon ko'rsin,
bu esa eng zaif iymondir"
Barchamizga ma'lumki, duo bu
ibodatdur. Bu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning Nu'mon ibn Bashir
radiyallahu anhu rivoyat qilgan quyida so'zlariga asoslangandur: "Duo
ibodatni o'zginasidur" [Imom Termiziy, Ibn Mojja, Abu Dovud rivoyatlari].
Demak duo ibodat ekan, ibodat aslan Alloh va Rasuli tomonidan joriy qilinmoqligi
zarurdur. Alloh Ta'alo Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni bizlar uchun
Quronni bayon qilib berishlari uchun va Alloh Ta'alo tomonidan bizlar ma'mur
bo'lgan ibodatni batafsil ko'rsatib ketishlik uchun elchi qilindilar. Bu
bilan din komil bo'ldi va dinga biron bir qo'shimcha qo'shishlikka o'rin qolmadi.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallam hayotlari mobaynida kundalik qilgan
duolar sahih hadislarda saqlanib kelgandur. Bu kitobda Shayx Said Al-Qahtoniy
hafizahulloh sahih va hasan sanadi bilan kelgan barcha duolarni to'plab ularni
boblarga ajratib, huddi kundalik hayotimizga moslab tartiblagandurlar. Bu
Kitob duo borasida eng afzal va eng sahih kitoblardan biridur. Alloh
Ta'alo hammamizni shu duolarni yodlab ularni o'z o'rnida aytib yurishlikni nasib
aylasin. Amin.
Bu kitobda siz dinimizda ko'pchilik amal qiladigan Bid'atlardan
bo'lmish tasbih borasida tanishasiz va Qur'on, Hadis vaSalafi
solihinlarning tushunchasidan kelib chiqqan holda uning bid'at ekanligiga o'ziz
guvoh bo'lasiz va bu bilan ba'zilarning har hil "ruxsatga" olib boradigan
fatvolariga javob topasiz. Chunki ba'zi ulamolar zikrni o'ng qo'l barmoqlari
bilan sanashlikni afzalligini aytib ketishadiku, lekin uning o'rniga tasbihni
ishlatishlikni bid'at deyishga jura't qila olmaydilar. Lekin mana bu qisqa
risolada muhaddis olimlardan bo'lmish shayx Muhammad Nosiruddin Al-Alboniy
rahimahulloh Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hadisi va
salafi solihinlardan bo'lgan asarlarga tayangan holda uning bi'dat ekanligida
shak-shubha yo'qligini ko'rsatib beradilar.
Siz bu E-Kitobda ro'zaning
lug'oviy va shar'iy tarifi, uning Islom dinidagi hukmi, sahih
hadislarda ko'rsatilgan fazilatlari va foydalari, rioya
qilinishi zarur bo'lgan ro'za odoblari va sunnatlari, va bu
muborak oyda nimalar qilmog'lik kerakligi mas'alari bilan
tanishasiz. Bundan tashqari Qu'ron va sahih hadislarda
keltirilgan dalillarning arabcha matnlari keltirilganki,
shoyad biz ham dalillarni arab tilida o'qib, fahmlab, yodlab,
ularga amal qilib va boshqalarni ham o'rgatsak.
Bu pdf faylida siz Islom dinining ustunlaridan
bo'lmish Ramazon oyida tutiladigan ro'zaning hukmi, uning fazilatlari, unga
tegishlik ba'zi mas'alalar borasidagi bo'lgan hadislar bilan tanishasiz.
Oyat va hadislarning barchasini arabcha matni keltirilganki, shoyad
birodarlarimiz oyat va hadislarni arab tilida o'qib ularni fahmlab va
boshqalarga ham o'rgatsalar. Alloh hammamizni O'zining muborak oyi
bo'lmish Ramazon oyidan to'liq foydalanishimizga va undagi bo'lgan cheksiz
ajrlar olishlikka nasib qilsin. Bundan tashqari Qu'ron va
sahih hadislarda keltirilgan dalillarning arabcha matnlari
keltirilganki, shoyad biz ham dalillarni arab tilida o'qib,
fahmlab, yodlab, ularga amal qilib va boshqalarni ham o'rgatsak.
Bu E-Kitobda siz Ro'za
tutishlikdagi niyyatning o'rni, farz va nafil ro'zalardagi
qilinadigan niyyatning farqi, ba'zilar tomonidan baland tovushda
niyyat qilishlarini bid'at amalligi haqqida tanishasiz.
Butun olamlar robbisining Rasuli
bo'lgan, olamlarga marhamat qilib yuborilgan payg'ambarimiz
Muhammad sallallohu alayhi va sallam shunday deb marhamat qilgan
ekanlar:
"Mening ashoblarimni so'kmangiz, mening
ashoblarimni so'kmangiz. Nafsim Qo'lida bo'lgan Zotga qasam ichib
aytamanki, agar birontangiz Uhud tog'ichalik miqdorda oltinni infoq qilsangiz
ham ularning birining bir hovuchcha balki yarmicha infoqlariga teng keladigan
savobni topa olmas." [Imom Buxory va Muslimning Abu Xuraira radiyallahu
anhudan qilgan rivoyatlari]. Agar mo'min kimsa uchun sahobalarning
fazilatlariga dalolat qiladigan mana shu hadisdan boshqa hadis bo'lmaganda edi,
shu hadisning o'zi ularning Alloh Robbil A'laminning xuzurida qanchalik baland
martabada ekanliklarini dalili sifatida etarli bo'lar edi. Afsuski, o'zini
musulmonman degan ba'zi bir zalolatga ketgan toifalar Rasululloh ashoblarini
la'natlaydilar, ularga bo'xtonlar aytadilar. Albatta ularning din dushman
ekanliklarida shak-shubha yo'qdur. Biz Ahli Sunnat uchun Alloh tomonidan
Rasulullohga tushurilgan bu dinni o'zlarini mollariyu va jonlari bilan butun
dunyoga tarqatgan sahobalar hayoti bilan yaqindan tanishmoqligimiz zarurdur.
Ularning hayotida bizlar uchun juda ko'p ibratlar, chunki ular Alloh Ta'alo
Quronda zikr qilgandek:
"Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va
ularga chiroylik amallar bilan ergashganlar - Alloh ulardan rozi bo'ldi va ular
ham Undan rozi bo'ldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan daryolar oqib
turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qo'ygandur. Mana bu
buyuk baxtdur" [Tavba surasi 9:100]
Shak shubha yo'qki, har bir mo'min-musulmonning maqsadi Alloh u
kishidan rozi bo'lishligi va shu sababli Uning Jannatiga doxil bo'lishligidur.
Bizlar o'zimizdan avval o'tgan va Alloh Ta'alo tomonidan aniq bashorat berilgan
Alloh ulardan rozi bo'lgan sahobalar hayotini o'rganishlikka ma'murmiz.
Hammamizga ham mana shu sahobalar yo'lidan yurishlikka nasib qilsin. Omin.