|
Izoh: Bu
hadisi sharif bizlarni ba'zi bir o'zini olim deb sanagan, Quron
va Sunnatga asoslangan Haq so'zni aytishga jur'at qila olmay
insonlarning havoi naflariga moslab "fatvolar" aytadigan soxta
ulamolardan ogox bo'lishimizga chorlaydi. Har bir fatvo
so'raguvchi fatvo berguvchidan o'sha fatvosiga dalilini
so'rashlikka va o'sha dalilga sahobalar qay tarzda amal
qilishganliklarini bilishlikka haqlidur. Agar har bir
muftiyning fatvolarini shu nazarda olib qaralsa, kim haq-u va
kim noto'gri fatvolar berayotganligini aniqlab olsa bo'ladi. Alloh Ta'alo
Bilguvchiroqdur. Hozirdagi ko'plar muftiylar bo'lgan
zamonda va ularning turli tuman fatvolarini o'qigan kimsa o'z
yo'lida adashib qolishligi ham turgan gap, shuning uchun
barchamiz Allohga duo qilib ana shu soxta muftiylar tuzog'iga
tushib qolmaslikni so'ramoqligimiz kerakdur.
اللَّهُمَّ
أَرِنَا
الْحَقَّ
حَقًّا وَارْزُقْنَا
اِتِّبَاعَهُ
، وَأَرِنَا
الْبَاطِلَ
بَاطِلاً
وَارْزُقْنَا
اِجْتِنَابَهُ
، إِنَّكَ
سَمِيْعٌ
مُجِيْبٌ
"Eh Alloh,
bizlarga Haqni haqligicha ko'rsatgin va unga ergashishlikni
nasib qilgin, va bizlarga Botilni botilligicha ko'rsatgin va
undan ijtinob (uzob bo'lishlikka) nasib qilgin, darhaqiqat Sen
barcha narsalarni Eshitguvchi va duolarni qabul qilguvchi
Zotdursan"
Alloh
barchamizni mana shu haqda zohir bo'lib turadigan toifa qatorida
bo'lishimizga va Haq yo'lida
yurishlikka tavfiq bersin.
Amin. |