islomyoli.com Aqida Ibodat Bid'at

 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bida'tchi kimsalarga qarshi qattiq tanbih berib shunday degan ekanlar:

 " إِنَّ الله حَجَبَ التَّوبَةَ عَنْ كَلِّ صَاحِبِ بِدْعَةٍ حَتَّى يَدَعَ بِدْعَتَهُ "  صحيح الترغيب 54

" Darhaqiqat, Alloh har bir bid'at sohibidan hatto o'sha bid'atini tark qilmaguncha tavbani qabul qilmas" [ sahih hadis, Sahih At-Targ'ib 54, Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadis]
 
Tasbihning Islomdagi hukmi
Muallif: Shayx Muhammad Nosiruddin Al-Alboniy rahimahulloh
Tarjimon: "Islom Yoli" tahririyati
File Hajmi: 127 KB
Kirish

Bu kitobda siz dinimizda ko'pchilik amal qiladigan Bid'atlardan bo'lmish tasbih borasida tanishasiz va Qur'on, Hadis va Salafi solihinlarning tushunchasidan kelib chiqqan holda uning bid'at ekanligiga o'ziz guvoh bo'lasiz va bu bilan ba'zilarning har hil "ruxsatga" olib boradigan fatvolariga javob topasiz. Chunki ba'zi ulamolar zikrni o'ng qo'l barmoqlari bilan sanashlikni afzalligini aytib ketishadiku, lekin uning o'rniga tasbihni ishlatishlikni bid'at deyishga jura't qila olmaydilar.  Lekin mana bu qisqa risolada muhaddis olimlardan bo'lmish shayx Muhammad Nosiruddin Al-Alboniy rahimahulloh Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning hadisi  va salafi solihinlardan bo'lgan asarlarga tayangan holda uning bi'dat ekanligida shak-shubha yo'qligini ko'rsatib beradilar.  Bid'atlarni insonlarga fosh qilib berishligimiz biz uchun vojib bo'lgan amaldur, chunki Rasululloh sallallohu alayhi wa sallam Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: "Sizlarning birontangiz munkar ishni ko'rsa qo'li bilan to'htatsin, agar unga qodir bo'lmasa tili bilan to'htatsin, agar unga ham qodir bo'lmasa qalbi bilan yomon ko'rsin, bu esa eng zaif iymondir"

Tasbihning hukmi [O'zbek tilidagi tarjimasi]

Hukm Al-Masbaha [ Arab tilidagi matni] [O'zbek tilidagi tarjimasi]

Bu kitobni o'qishlik uchun "Adobe Acrobat Reader"ni download qilishligingiz zarur.  Tekinga download qilishlik uchun pastki linkni bosing: